RASULIM…

0
616

Rasulim, keling bir tavallo aylab,

Ko’ngillar gunohga botib bo’ldi-ku.

Bersangiz qalbimni Robbimga bog‘lab,

Sizsiz umr tongim otib bo’ldi-ku.

 

Rasulim, keling bir ummatiz yo’qlab!

Yuraklar sog’inchdan cho’kib bo’ldilar.

Borolmayman bir bor men sizni izlab,

Ko’zlar sog’inch yoshin to’kib bo’ldilar.

 

Tushlarimdan sizni izlayman zor-zor,

O’psaydim har bosgan izlaringizni.

Ko’rsaydim loaqal tushimda bir bor,

«UMMAT» deb yosh to’kkan ko’zlaringizni.

 

Rasulim, bir yo’qlang diydorga zorman,

G’aflatlarda qolib ketdim kimsasiz.

Sizsiz bu hayotda holi abgorman,

Sizni zor sog’inib yashayman hanuz.

 

Bir bora ko’rmoqchun jonimni tutay,

Yuragim poyondoz qilay yo’lizga.

Sizning oldingizda g’amni unutay,

Gunohkor qo’llarim berib qo’lizga.

 

Abu Bakrdayin hamrohiz bo’lsam,

Mayli yayov kezay sizla dunyoni.

Qaniydi ravzaga bosh qo’yib o’lsam,

Sizla o’tsa umrim eng so’ngi oni.

 

Rasulim, ummatlar zor yig’lar qarang,

Sizsiz dunyo g‘aflat qa’riga botdi.

Sog’inch azobidan tirikman arang,

Insonlar iymonin dunyoga sotdi.

 

Rasulim, dunyodan qutqaring meni,

Sizla ketsam edi HIRO g’origa.

Zorman, umidvorman qiyomat kuni,

Olib kirasiz deb jannat bog’iga.

 

Latibjonov Muhammad Ali,

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta

maxsus islom bilim yurti 3-bosqich talabasi

  • Муножот ва ибрат

    Кўринди бу кеча гулда муножот, Забони ҳол билан кечди мулоқот. Дедим: “Эй гул, нечун чеҳра…
  • Arab tilidagi afzallik

    E’rob (fleksiya) arab tilining o‘ziga xos bir belgilaridan biridir. Arab tilida  E’rob (fl…
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy

    Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) – Turkiston jadidchilik harakatining eng yetuk namoyandal…
Load More In АДАБИЁТ