RIYOZAT NIMA?

0
35

“Riyozat” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “qiynalish, zaxmat chekish” ma’nolarini anglatadi. Istilohda esa, tariqatning asosiy shartlaridan biri hisoblanib, muridning turli xohish-istaklardan o’zini tiyib, bu yo’lda mashaqqat chekishini bildiradi.

Rivoyat qilinadiki, Zunnun Misriy rohimahullohning nafsi o‘n yil ovqat orzu qildi, uni nafsiga bermadi. Bir kuni bayram bo‘ldi, nafsi dedi: “Nima bo‘lardi menga bayramlik ovqat olib bersang?” Shayx dedi: “Ey, nafsim! Xohlasang senga bayramlik olib beraman. Bu kecha menga hamroh bo‘l. Men ikki rakat namoz ichida Kalomullohni  yetti marta xatm qilayin”.

Yana bir rivoyatda Boyazid Bastomiy rohimahullohning Ka’baga ketayotib har bir qadamida ikki rakatdan namoz o‘qigani zikr etiladi.

Albatta, Alloh uchun hech bir narsa qiyinchilik tug‘dirmaydi. O‘n sakkiz ming olamni Alloh hech bir qiyinchliksiz yaratdi. Zero, har bir qiyinchilik, mashaqqat, charchash, riyozat chekish Alloh yaratgan maxluqotlarga xosdir.  Allohga oshiq bo‘lishning lazzati haqiqiy lazzatdir, bu lazzatni totishlik haqiqiy riyozat chekkan Allohning do‘stlariga nasib qiladi. Allohga oshiq bo‘lib, o‘z nafslaridan kechgan, kechalarni bedor o‘tkazgan, har bir nafaslarida “Alloh, Alloh” degan bu zotlar ne-ne mashaqqat-u riyozatlarga sabr qilib,  Allohga suyukli chin do‘st bo‘ldilar.  Allohning barcha chin oshiq-u valilariga salomlar bo‘lsin.

 

 

Ortiqov Hasanboy,

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus

islom bilim yurti 2-bosqich, 79-guruh  talabasi

Load More In МАҚОЛАЛАР