Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar Ikkinchi omil:

0
190

Oshqozonni ko‘ruvchi tibbiy ko‘zgu:

U tibbiy jihoz bo‘lib, og‘iz orqali avval halqum so‘ng o‘pka so‘ng oshqozonga kiradi.
Undan ko‘zlangan foida: mazkur jihoz oshqozondagi yarani ko‘rsatadi yoki u orqali oshqozonning ba’zi bo‘laklarida jarrohlik amaliyotini o‘tqaziladi va bulardan boshqa tibbiy maqsadlarda istifoda qilinadi.
Yuqoridagi olimlar bu haqida shunday deganlar:
Fiqhiy masalalar bayonida: ro‘zadorning qorin bo‘shlig‘iga ozuqadan bo‘lak narsalar masalan: mayda toshlar yoki temir bo‘laklari va shu kabi narsalar kirsa va tibbiy ko‘zgu ham shular jumlasidandir ro‘zani ochib yuboradimi?
Ilm ahlining ko‘pchilik qismiga ko‘ra: bu narsa ro‘zani ochib yuboradi. Ya’ni qorin bo‘shlig‘iga kirgan har bir narsa ro‘zani ochadi lekin hanafiy mazhabida qorin bo‘shlig‘iga kirgan narsa u yerda o‘rnashib qolsagina ro‘zani ochadi deb shart qilganlar, qolgan mazhab vakillari esa, bunday shart qo‘ymaganlar. Ya’ni hanafiy mazhabiga ko‘ra, bir narsani ipga bog‘lab so‘ng uni oshqozonga tushirsa va bir ozdan so‘ng uni qaytarib olsa ro‘zasi ochilmaydi.
Yuqoridagi olimlarning dalillari: Payg‘ambar s.a.v. ro‘zadorga surma qo‘yishdan saqlanishni buyurdilar.
Shunga ko‘ra, mazkur tibbiy ko‘zgu ko‘pchilik faqihlarning ra’ylarida ro‘zani ochib yuboradi. Hanafiy mazhabida esa, ochmaydi chunki u oshqozonda qolmay balki qaytib chiqadi.
Ikkinchi fikrga ko‘ra: bu kabi ozuqa bo‘lmaydigan narsalar ro‘zani ochmaydi masalan temir yoki tosh bo‘laklarini yutsa ro‘zasi ochilmaydi. Bu ba’zi hanbaliy va molikiy mazhab vakillari ixtiyor etgan narsadir.
Bunga sabab, kitob (qur’on) va sunnatdagi dalillarga binoan ro‘zani ozuqa bo‘luvchi narsalar ochib yuboradilar. Yuqoridagi surmadan saqlanish haqidagi hadis esa zaif hadisdir. Shunga ko‘ra, u ya’ni tibbiy ko‘zgu ro‘zani ochmaydi.
Ammo mazkur ko‘zguga uning oshqozonga kirishi oson bo‘lishi uchun ozuqaviy yog‘ surtilsa u holda hukm o‘zgaradi va bu xilda yutilgan tibbiy ko‘zgu ro‘zani ochadi.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi: Oybek domla Sottorov tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР