RO’ZANING ODOBI

0
116

Ro’za Alloh taolo farz qilgan besh arkonlaridan biri hisoblanadi. Ro’za
ulkan savobli ibodatdir. Hadislarda vorid bo’lgani kabi ro’za faqatgina Alloh
azza va jalla uchun qilinadigan ibodatlar sirasiga kiradi. Ro’za ibodatiga
beriladigan ajr to’liq bo’lishi uchun bir qancha odoblarga amal qilish talab
qilinadi. Shulardan biri belgilangan vaqtga amal qilgan holda, saharlikni
kechiktirib, iftorlikni tezlashtirishdir. Bu borada hadisi sharifda shunday
deyilgan:
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qi linadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saharlik qilinglar. Bas,
saharlikda baraka bordir», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyati)
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh va Uning
farishtalari saharlik qiluvchilarga salavot aytadilar», dedilar».
(Tabaroniy rivoyati)
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saharlikning barchasi
barakadir. Shunday ekan, uni tark qilmanglar. Juda bo‘lmasa, bir
qultum suv ichib bo‘lsa ham saharlik qilinglar. Chunki, Alloh azza va
jalla va farishtalar saharlik qiluvchilarga salavot aytadilar», dedilar.
(Imom Ahmad rivoyati)
Saxarlik qilishning afzal vaqti kechaning oxiridir.
Quyosh botishi bilan, tezda iftor qilib olish lozim. Uni uzrsiz ortga
surish durust emas.
Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, odamlar
iftorga shoshilar ekanlar, yaxshilikda bardavom bo‘laveradilar»,
dedilar». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)
Hadisda, insonlarning to‘g‘ri yo‘ldan toyilib ketishlariga sabablardan
biri iftorlikni uzrsiz kechiktirish ekani ta’kidlanmoqda.
Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Iftorlikni tezda qiladigan
bandalar Alloh taologa juda suyuklidir», dedilar. (Imom Termiziy va
Ahmad rivoyati).
Chunki,saharlikni kechiktirib, iftorlikni tezlashtirishda banda o’zini
ojizligini izhor qilishi bordir. Bu esa Alloh taologa mahbub amaldir.
Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi:
Nodirbek domla Jamolov tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР