МАҚОЛАЛАР ROZILIK 24 сентября, 2022 0 218 Bir kishi Ka’bani tavof qilish asnosida, Allohga munojat qilib shunday der edi: – Ey Robbim! Sen mendan rozimisan? Uning so’zlarini imom Shofe’ eshitib, so’radi: – Ey falonchi, sen o’zing Allohdan rozimisanki, Alloh sendan rozi bo’lsin? U kishi: – Subhanalloh! Men Allohdan rozi bo’lamanmi? axir umidim Robbim mendan rozi bo’lishi-ku. Imom Shofe’: – Musibat-sinov kelgandagi roziliging, ne’mat kelgandagi xursandchiliging kabi bo’lsa, demak, sen Allohdan rozisan, Robbing ham sendan rozi bo’ladi, – dedi. Muhammad Rotib Nobulsiy Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi: Nodirbek domla Jamolov tarjimasi