SAHARLIKNI KECHIKTIRISH

0
98

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning rahmatga yo‘g‘rilgan sunnatlaridan biri – saharlikni kechiktirish sunnatidir.

Mehribon Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu sunnatlari ro‘zaga quvvat, ochlik va chanqoq azobini ko‘tarishga kuch bag‘ishlaydi.

Anas roziyallohu anhu Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, u zot aytganlar:
«Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan saharlik qildik, so‘ng namozga turdilar.»
Men: “Azon va saharlik o‘rtasida qancha vaqt bor edi?” dedim.
“Ellik oyat miqdoricha,” deb javob berdilar.
(Imom Buxoriy rivoyati)

Ko‘pchilik saharlikni ro‘zaga quvvat yig‘ish uchun kechiktiradi, ya’ni ko‘proq yeb-ichadi.
Lekin bu ishni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga taqlid qilish va ergashish maqsadida bajarsangiz — ro‘zaga quvvat bilan birga sunnatning ham ajriga erishasiz.

Eslatib o‘tish lozim bo‘lgan yana bir narsa shuki: saharlik qilishning o‘zi ham sunnatdir.
Hech kim: “Men saharlik qilmasdan ham ro‘za tuta olaman,” demasligi kerak. Bu kuch emas, balki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridan yuz o‘girish bo‘ladi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Saharlik qilinglar, albatta saharlikda baraka bor.”
(Imom Muslim rivoyati)

Shiorimiz — Alloh taoloning ushbu so‘zini unutmang:

وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا
(Nur surasi, 54-oyat)

“Agar Unga itoat qilsangiz, hidoyat topasizlar.”

  • АГАР АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСА…

    АГАР АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСА… Довуд алайҳиссалом Аллоҳ таолонинг ҳузуридаги савоблар тортил…
  • Ishonch

    Bir kishi tuyasini sotdi. Sotib olganlar tuyani kushxonaga so‘ygani olib borishdi. Tuya ku…
  • Yurakni pok tutish – iymon alomatidir

    #Maqola Islom dinida inson faqat ibodatlari bilan emas, balki ichki axloqi bilan ham yuksa…
Load More In ОДОБ