МАҚОЛАЛАР ОДОБ Salomni yoyaylik 13 ноября, 2024 0 37 Salom berish – bu, musulmonlar orasida o‘zaro mehr-oqibat va qardoshlik aloqalarini mustahkamlaydigan buyuk Sunnat amaldir. Salom qalblarga xotirjamlik olib keluvchi, musulmonlar o‘rtasida muhabbat va do‘stlikni tarqatadigan solih amaldir. Rasululloh ﷺ bu haqda shunday marhamat qilganlar: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ -رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ- قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: «لَا تَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ حَتَّى تُؤْمِنُوا، وَلَا تُؤْمِنُوا حَتَّى تَحَابُّوا، أَلَا أَدُلُّكُمْ عَلَى شَيْءٍ إِذَا فَعَلْتُمُوهُ تَحَابَبْتُمْ؟ أَفْشُوا السَّلَامَ بَيْنَكُمْ» (رَوَاهُ مُسْلِم) Mazmuni: «Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dedilar: “Imon keltirmagunlaringcha jannatga kira olmaysizlar, bir-birlaringizni yaxshi koʻrmas ekansizlar, imon keltirgan bo‘lmaysizlar. Sizlarga bir amalni aytib beraymi, uni qilsangiz bir-biringizni yaxshi koʻrib qolasiz? O‘rtangizda salomni yoyinglar» (Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda Payg‘ambarimiz ﷺ jannatga kirish uchun faqatgina e’tiqod bilan cheklanib qolmaslik, balki iymonning talablariga amal qilish lozimligini o‘rgatganlar. Musulmonlar orasidagi oʻzaro muhabbat va iymonni mustahkamlash yo‘llaridan biri salomni yoyishdir. Salom berish o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi, qalblarni yaqinlashtiradi va turliy shubha gumonlarni ketkazadi, shaytonning bandalar orasiga adovat tarqatishiga yo‘l bermaydi. Salomning fazilatli bo‘lishining sababi shundaki, unda o‘zaro duo, xotirjamlik va himoya mavjuddir. Bir-birimizga “Assalomu alaykum” deb aytishimiz bilan bizning duolarimiz o‘zaro tinchlik va omonlikni tilashdan iborat bo‘ladi. Shunday ekan, har birimiz bu buyuk Sunnatga amal qilib, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va qalbdagi shubha gumonlarni yo‘q qilishimiz, salomni yoyishga harakat qilishimiz kerak. Bu amal Allohning roziligini qozonishga sabab bo‘lib, o‘zi va boshqalar uchun ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi Shaxboziddin domla Abdimajitov