МАҚОЛАЛАР Samarqand fathi 9 января, 2024 0 593 Ha! Siz insoniyat tarixida bunga oʻxshash voqeani topa olmaysiz! Mahkamada jarayon boshlandi… Soqchi «Ey Qutayba» deya uni chaqirdi(ismi shunday bo’lgan). Qutayba keldi, u va ruhoniylarning peshvosi qozining tog’risiga o’tirdilar. Shunda qozi o’z savolini ruhoniylarning peshvosiga yo’llab «Nima da’voing bor, ey Samarqandlik?» deb so’radi. U javob qildi: «Qutayba bizni na islomga chaqirdi va na vaziyatimiz haqida o’ylab ko’rishlikka muhlat berdi, balki qoʻshin tortib bizni egallab oldi.» Qozi Qutaybaga yuzlanib dedi «Bunga nima deysan, ey Qutayba?». U » Urush bu xiyla, bu (Samarqand) esa katta shahar, uning atrofidagi shaharlar islomga kirmay va jizyani ham ma’qullamay aksincha bizga qarshi chiqishyapturgan edi…» deb aytdi. Qozi yana so’roqqa tutdi: » Ularni avvalo islomga, bo’lmasa jizyaga, u ham bo’lmasa jangga chaqirdingmi?». Qutayba «Yo’q, ularga qo’qqisdan hujum qildik, chunki…» deb iqror bo’lishiga qozi quyidagi so’zlarini ta’kidlab, hukm chiqardi:»Iqror bo’lganing ko’rinib turibti, agar qarshisiga da’vo qilingan kishi (da’voga) iqror boʻlsa, muhokama(sud) jarayoni tugaydi… Ey Qutayba! Alloh taoloning bu ummatga bo’lgan nusrati uning dinga amal qilishi, xiyonatdan chetlanishi va adolat o’rnatishiga bog’liq bo’ladi. Demak, biz barcha musulmonlar, jumladan sarkardalar, qo’shindagi askarlar, erkagu-ayollar va bolalar Samarqand yerlaridan chiqarib yuborilishi, do’konlar va hovlilar o’z holida qoldirilishi, shaharda birontasi qolib ketmasligiga hukm chiqardik, shundan so’ng musulmonlar samarqandliklarni (shariatga muvofiq) ogohlantiradilar!». Dastavval Samarqand ruhoniylari (taajjublanib) ko’rib-eshitganlariga ishongisi kelmadi chunki sud jarayoni hech qanday guvoh va dalillarsiz bir necha daqiqa davom etdi xolos! Ular hatto qozi, soqchi hamda Qutayba janoblarining o’z oldilaridan qaytib ketishayotganini sezmay ham qolishdi! Birozdan so’ng, shahar ahli ko’tarilayotgan shovqin-suron, yon-atrofni qamrab olayotgan chang-g’ubor va uning xira-shirasida ko’rinayotgan bayroqlariga guvoh bo’ldi. Ular nimalar boʻlayotgani haqida soʻrashganda, hukm allaqachon bajarilgani va qo’shinning jo’nab ketganligining xabari berildi. Ha! Guvoh bo’lgan yoki quloq solganlarning badanlari titrab ketadigan ko’rinishda ketishgan edi! O’sha kunning quyoshi botgan paytda Samarqandning bo’shab qolgan ko’chalarida itlar sang’ib yurishardi. Bunday rahmdil va adolatli millatning shahardan chiqib ketganligidan soʻng, Samarqandning har bir xonadonidan yigʻi-ovozlari eshitilardi. Samarqand ahli hatto (o’zga din) ruhoniylari ham o’zlarini bundan ortiq ushlab turisha olmadi, hatto ular «Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Allohning rasulidir» deya shahodat kalimalarini qayta-qayta aytgan holatda musulmonlar joylashgan lashkargohga qarab to’p-to’p bo’lib borishdi. Bu qissa naqadar ajoyib! Sharqona tarix sahifalarimizdan eng ko’p ko’zni qamashtiradigan sahifadir bu! Aytingchi, qoʻshin biron shaharni fath qilgandan keyin uning ahli gʻalaba qozongan mamlakatga borib shikoyat qilsa, qozi qoʻshinning chiqib ketishligi borasida hukm chiqarishi mumkinmi?! Allohga qasamki, o’tmishdagi xalqlarning birontasida bunga o’xshash hodisa bo’lganligini bilmaymiz. Bilib oling, bu hodisa solih inson, xalifa Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh davrida boʻlgan, islom lashkari da’vatsiz va ogohlantirishsiz Samarqand yerlariga kirib borgandan keyin shahar ahli xalifaga elchi jo’natgan…Elchining qo’lidagi qoziga yo’llangan maktubda qozi musulmonlarga nisbatan hukm chiqarib berishligi borasidagi iltimosnoma bo’lgan. Ha! Agar bu qissa tarixning yorqin sahifalarida bitib qo’yilmaganida, unga avvalgilarning asotirlaridan biri sifatida qaralgan bo’lar edi. Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Salimov Saidakbar tayyorladi.