Sehrga qarshi muolaja bormi?

0
76

Sehrdan qutilish borasida ulamolarimizning tavsiyalari

Hozirgi kunda birovni sehr issiq-sovuq qilish holatlari juda ko’p uchramoqda.
Bu borada ko’p insonlar imom domlalarimizga murojaat qilishadi. Albatta, sehr bilan hamma ham shug‘ullanolmaydi. Binobarin, bugun xalqimiz, ayniqsa, ayollarimiz orasida uchrab turadigan: «Falonchiga ovsini yoki qo‘shnisi jodu qilibdi, falon folchi yoki romchiga borib, tomog‘idan o‘sha joduni oldirgan emish» yoxud «Pismadonchining ishi yurishmayotgan ekan, folchiga borsa, uning yo‘lini falonchi dushmani «bog‘lab» turganini aytibdi», qabilidagi gaplarning bari yolg‘on.
Yoki ming achinarli bo‘lmasin, ba’zi yurtdoshlarimiz turmushga chiqolmay turgan qizlarining «baxtini kimlardir «bog‘lab» – to‘sib turgani»ga chippa-chin ishonishadi. Qizlarining baxtini Allohdan so‘rash o‘rniga, haligi folchi-romchilarga, «qaytarma qilib qo‘yuvchi»larga yugurishadi. Bu yaxshi ish emas. Dinimiz bu ishdan qattiq qaytaradi.

Ulamolarimiz sehrga qarshi quyidagi sura va oyatlar o‘qilishini tavsiya etganlar:

1. Fotiha surasi.
2. Baqara surasi (imkoni bo‘lsa, to‘liq yoki Baqara surasining 102, Oyatul kursiy va mazkur surasi oxirgi oyatlari).
3. A’rof surasining 117-122-oyatlari.
4. A’rof surasining 139-oyati.
5. Yunus surasining 81-82-oyatlari.
6. Isro surasining 81-oyati.
7. Toha surasining 69-oyati.
8. Anbiyo surasining 18-oyati.
9. Anbiyo surasining 70-oyati.
10. Shuaro surasining 43-48 hamda 80-oyatlari.
11. Furqon surasining 23-oyati.
12. Muhammad surasining 28-oyati.
13. Ixlos surasi.
14. Falaq surasi.
15. Nos surasi.

Sehrga qarshi bularning hammasini o‘qish afzal. Ammo Fotiha, Baqara (Oyatul kursiy, suraning oxiri), Ixlos va muavvizatayn bilan cheklansa ham bo‘ladi. Shuningdek, besh vaqt namozdan keyin Oyatul kursiyni o‘qish odat qilib olinsa, manfaati ko‘p bo‘ladi, inshaalloh. Bu bilan banda Allohning himoyasiga kiradi, jin va shaytonlar zararidan saqlanadi hamda vafot etganidan so‘ng jannatga kirishiga sabab bo‘ladigan amalni qilgan sanaladi.
Mazkur sura va oyatlarni uch yoki yetti marta qiroat qilinadi. Buni suvga o‘qib, dam solib ichish ham mumkin. Sehrni muolaja qilishda e’tiqodni to‘g‘rilash, Allohga bo‘lgan imonni mustahkamlash, mana shu qiroat faqat Alloh izni bilangina manfaat berishini aniq bilish kerak bo‘ladi. Sehrgarlar sehri botil ish ekani, Alloh iznisiz biron sehrgar yoki jin va shayton bandaga zarar yetkazolmasligini bilish ham muhim. Agar banda buni o‘zi o‘qiy olsa, o‘ziga-o‘zi dam soladi. Aks holda e’tiqodi to‘g‘ri, ilmli va taqvoli kishiga dam soldiradi.

Manbalar asosida:
Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov tayyorladi.

  • Солиҳ дўст танланг

    Ўзингизга солиҳлардан дўст танлашга ҳаракат қилинг. Зеро, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи вас…
  • “…сўралурсизлар”

    Аллоҳ таоло бизга жуда кўплаб неъматлар берган. Бу неъматлар шунчалар кўпки, уларни санаб …
  • Эгасидан берухсат олинган дарахтлар

    Cавол: Бир хонадонда бир нечта олма дарахтлари бор экан. Суриштириб билинса, бу дарахтлар …
Load More In МАҚОЛАЛАР