МАҚОЛАЛАР Sunnatning lug‘aviy, istilohiy ma’nolari 29 сентября, 2022 0 180 Sunnatni urganishdan avval sunnat o‘zi nima ekanligini bilib olish kerak. Avvalo, sunnat va hadis bir-birining o‘rnida ishlatilib kelgan istelohdir. Ularga yana ham diqqat qilsak, xadis xosroq, sunnat umumiyroq ekani ko‘rinadi. Hadis arab tilida gap-so‘z ma’nosini anglatadi. Demak, hadis deganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning aytgan gap-so‘zlari ko‘zda tutiladi. “Sunnat” so‘zi esa arab tilida “tariqat”, “ma’naviy yo‘l” ma’nosini anglatadi. Falonchining sunnati degani uning hayotiy yo‘li, deganidir. Shundan kelib chiqib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning tariqatlari, yo‘llarini tushunamiz. Sunnat muhaddislar istilohida quyidagicha ta’rif qilinadi: “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan asar bo‘lib qlgan gap, ish, taqrir, xalqiy axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar “sunnat” deyildi”. Ushbu ta’rif Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan asar bo‘lib qolgan va ishonchli manbalar orqali rivoyat qilingan bir necha xil narsani o‘z ichiga olmoqda va o‘sha narsalarning to‘plami “sunnat” deb nomlanishini anglatmoqda. Masalan, gap; — bunga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning turli holat va munosabatlarda aytgan gaplari kiradi. «إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ» Mana shu muborak gapni eshitgan odamlar amonat tariqasida uni eshitmaganlarga yetkazganlar. Shu tarzda avloddan avlodga o‘tib muhaddis olimgacha yetib kelgan. Muhaddis esa, ilmiy yo‘llar bilan tekshirib, uni hadis ekanligiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina kitobga kiritgan. Buni “qavliy” sunnat deyiladi. “Ish” deb, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning qilgan ish-amallari tushuniladi. Aytaylik tahorat qilishlari, namoz o‘qishlari, haj ado etishlari va boshqa ishlar. Shunga o‘xshasha amallarni ko‘rganlar ko‘rmaganlarga aytib, ko‘rsatib berganlar. Bunday ma’lumotlar shu tariqa hadis olimiga yetib kelgan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning qilgan ishlari sifatida asar bo‘lib qolgan. Buni “amaliy sunnat” deyiladi. “Taqrir” bir narsaga iqror bo‘lish, uning to‘g‘riligini tasdiqlash, ma’qullash ma’nosini anglatadi. Sunnatdagi taqrir esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sahobai kiromlar tomonidan sodir bo‘lgan ba’zi narsalarni ma’qullashlaridan iborat. Birgina misol, Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamyuborgan bir to‘p lashkarga bosh edi. Borgan joyda junub bo‘lib qoladi va sovuqdan qo‘rqib g‘usl qilmasdan tayammum bilan namoz o‘qiydi. Uning sheriqlari buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazadilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamXolid ibn Valid qilgan ishni ma’qullaganlar. Ma’qullash ma’qul deb aytish bilan yoki indamay qo‘ya qolish bilan bo‘ladi. Buni “taqririy snnat deyiladi. Xalqiy deb tana tuzilishidagi sifatlarga aytiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni ko‘rgan kishilar u zotning bo‘y-bastlari, tana tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va boshqa a’zolarini batafsil so‘zlab berganlar. Bu ma’lumotlar ham rivoyat bo‘lib muhaddislarga, ular orqali Islom ummatiga yetib kelgan. Masalan, imom Termiziyning “Shamoili Muhammadiya” asarlari aynan shu masalaga bag‘ishlangan aloxida kitobdir. Barcha muhaddislarimiz aloxida kitob ta’lif qilmasalarda, shu ma’nodagi hadisi shariflardan o‘zlariga yetganlarini rivoyat qilib qoldirganlar. Xulqiy-axloqiy sifatlar. Sahobai kiromlar Payg‘ambarimizimiz sollallohu alayhi va sallamning hilimlari, shijoatlari, sahiyliqlari kabi barcha axloqiy faziylatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu haqdagi ma’lumotlar ham sunnatga kiradi. Tarjimai hol. Payg‘ambarimizimiz sollallohu alayhi va sallammuborak xayotlari, U zot tavallud topganlaridan boshlab to robbilari dargohiga yetgunlaricha tarjimai hollari o‘ta aniqlik va butun tafsilotlari bilan rivoyat qilingan.Bu bobga tegishli rivoyatlar to‘plami Siyrat deyiladi. Muhaddis ulamolarimiz mana shu olti bandga tegishliy xar bitta ma’lumotni atroflicha chuqur o‘rganib, o‘z kitoblariga kiritganlar. O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, Sunnat islom uchun, musulmonlar uchun o‘ta muhum mamba. Chunki u Payg‘ambarimizimiz sollallohu alayhi va sallammuborak zotning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xalqiy, xulqiy sifatlari va tarjimai hollari to‘plamidan iborat. Manbalar asosida Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Sheraliyev Abdulhakim tayyorladi.