Sunnatning tarixi va uning shariatdagi naqadar yuksak ahamiyati (1-qism)

0
21

O’zining suykli Payg’ambarini olamlarga rahmat qilib yuborgan zot Alloh taologa  hamd va sanolar bo’lsin. Butun olamga dasturi-amal etib nozil qilingan kitobni o’z hayot tarzlari bilan bayon qilib bergan zot Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamga solavadu salomlar bo’lsin.

Shu boisdan ham sunnat Quro’ni karim bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun sunnatning tarixi ham Quro’ni karim va islom tarixi bilan birdir.

Alloh taolo Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga Qur’oni karimning birinchi oyatlarini nozil qilib, u zotni oxirgi Payg‘ambarimiz, deb e’lon qildi. Islomning birinchi ruknidan boshlab, mo‘min-musilmonlar kattayu kichik xar bir narsani o‘z Payg‘ambarimizlaridan o‘rgana boshladilar. Ular u zotdan ilohiy dastur bo‘lgan Qur’on oyatlaridan tortib, to oddiy tahorat olishgacha bo‘lgan hamma narsalarni asta-sekin qabul qilib olar edilar. Muhammat sollallohu alayhi va sallamning hayotlarini biror lahzasi ham sahobai kiromlarning diqqat-e’tiboridan chetda qolmas edi. Chunki u zotning og‘izlaridan chiqqan xar bir so‘z, o‘zlaridan sodir bo‘lgan xar bir harakat shariat hukmi, hikmat, nasihat va o‘rnak sifatida qabul qilinardi. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan uzluksiz yurishar, uzotdan sodir bo‘gan xar bir narsani o‘ta aniqlik bilan yodlab olishar va rivoyat qilishar edi. Sahobalar bir-birlariga, ayniqsa katta sahobalar kichiqlariga Payg‘ambarimizimiz sollallohu alayhi va sallam sunnatlarini oqizmay-tomizmay rivoyat qilganlar. Sahobalardan esa ulardan keyingi musulmonlar avlodi- tobi’iynlar qabul qilib olganlar.

Birinchi hijriy asr oxirida xalifalik qilgan Umar bin Abdulaziz Ibn Shihob az-Zuhriydan va boshqa muhaddislardan omma uchun hadis kitob yozishni so‘radi. Ibn Shihob az-Zuhriy sodda qilib bir kitob ta’lif qildi. Rasmiy ravishda hadis kitoblar yozish shundan boshlandi. Bu muborak va ma’suliyatli vazifaga aloxida himmatli ulamolar bel bog‘lab, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini ishochli, adolatli rivoyotlardan olishni, sunnati nabaviya pok, sof ekanligini isbot etishni o‘z oldilariga vazifa qilib qo‘ydilar. Shu bilan birga ular soxta hadislar va ularni to‘qiganlarni fosh qilishni ham ko‘zlab ish olibbordilar. Ular bu maqsadga erishish yo‘lida insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan ulqan va nozik, ishonchlik va pokiza ilmiy ish olib bordilar.

Dinimizda sunnatlar Qur’oni karimdan keyingi asosiy manba sanaladi. Shu bois pok sunnatni o‘rganish har bir musulmonning burchidir. O‘rganish esa sunnat o‘zi nima ekanini bilishdan boshlanadi.

Sunnat va hadis bir-birining o‘rnida ishlatish mumkin bo‘lgan istilohlar va mutarodif so‘zlardir. Lekin sunnat hadisdan ko‘ra kengroq , umumiyroq tushunchani ifoda etadi.

“Hadis”  arab tilida “gap” yoki “so‘z” ma’nosini anglatadi. Dinimizda “hadis” deganda Payg‘ambarimizimizning sollalohu alayhi va sallam  gap-so‘zlari nazarda tutiladi. “Sunnat” so‘zi esa “tariqat”,”ma’naviy yo‘l” ma’nolarini anglatadi. “Falonchining sunnati” degani uning yo‘li deganidir. Demak, Payg‘ambarimizimiz  sunnatlari deganda u zotning yo‘llarini tushunamiz. Muhaddislar istilohida Payg‘ambarimizimiz sollallohu alayhi va sallam aytgan gap, ish, taqrir, u kishining surat va siyratlari, tarjimai hollariga tegishli ma’lumotlar jami “sunnat” deyiladi.

Ilohiy va abadiy dastur bo‘lgan Qur’oni karimni hayotga tatbiq qilish uslublarini  ham sunnati mutahharadan o‘rganimiz. Qur’oni karimni qabul qilib olgan, odamlarga yetkazgan hamda hayotlarida tatbiq qilib ko‘rsatgan zot Rasulullohdirlar. Qur’oni karimning tafsirini ham sunnatdan o‘rganimiz, chunki Qur’oni karimning bosh tafsirchisi ham u zotdirlar.

Davomi bor

Manbalar asosida Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum»o’rta maxsus islom bilim yurti

mudarrisi: Zikriyayev Sayyid Afzalxon tayyorladi.

 

  • KUN HADISI

    #kun_hadisi KUN HADISI «Sayyid Muhyiddin maxdum » o’rta maxsus islom bilim…
  • Бемазҳаблар ҳақида

    “Ихтилоф қилманглар, яна қалбларингиз ихтилофли бўлиб қолмасин”, деб севикли Пайғамбаримиз…
  • Фитнанинг 11та хатар ва зарарлари

    Фитна энг кўп қон тўкилишининг энг катта сабабларидан бўлиб, фитна натижасида жамиятда тал…
Load More In МАҚОЛАЛАР