ҲАДИС TABASSUM SUNNATI 26 мая, 2025 0 284 9-Sunnat Musulmonlar orasida tabassumning tarqalishi naqadar go‘zaldir. U har bir lahzada inson bilan birga bo‘ladigan og‘riq-alamlarni yengillashtiradi. Tabassum qilishingiz uchun turli muammo va ko‘ngilsizliklardan xoli bo‘lishingiz shart emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har doim mahzunlikda edilar. Mahzunlikka sabab bo‘luvchi ishlari u zotni sira tark etmagan. Lekin u zot doimo tabassum qilib yurardilar. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u zot aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘ra ko‘proq tabassum qiladigan biror kishini ko‘rmaganman.» (Imom Termiziy rivoyati) U zot sollallohu alayhi vasallam shunday go‘zal nasihat qilganlar: «Yaxshilikdan hech bir narsani haqir sanama. Garchi birodaringga ochiq chehra ila yo‘liqishing bo‘lsa ham.» (Imom Muslim rivoyati) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu tabassumni ham ajr olinadigan ulug‘ ish ekanini aytganlar: «Birodaring yuziga tabassum qilishing ham sadaqadir.» (Imom Termiziy rivoyati) Shiorimiz — Alloh taoloning ushbu so‘zini unutmang: “Agar Unga itoat etsangiz, hidoyat topursiz.” (Nur surasi, 54-oyat). «Sunnatlarning fazilati» kitobidan.