UNI SUYGAN BANDALARIGAGINA BERADI

0
140

Mol-u mulk Alloh taoloning  ne’matlaridan biri hisoblanib, ba’zi insonlarni u bilan bahramand etadi. Tarixga boqsak, Sulaymon alayhissalomga ham, jumladan Firavnga ham hisobsiz dunyo berganini ko‘ramiz. Yoki, sahobalardan Usmon ibn Affonga, Abdurahmon ibn Avfga  shu bilan birga hattto, Qorunga ham cheksiz mol-u davlat ato etganini bilamiz. Bundan ko’rinadiki, Alloh taolo mol-mulkni yaxshi ko‘rgan bandasiga ham, shuningdek yo‘mon ko‘rganiga ham beraveradi…

Ammo, ilm-u ma’rifat Alloh taoloning eng ulug’ ne’matidur ki, uni faqat insonlar orasidan tanlab olinganlarga ato qiladi. Buning dalili “Qasos surasi”da Muso alayhissalom haqida nozil qilinga quyidagi oyat:  Qachonki, u voyaga yetib, (qirq yoshga) to‘lgach, Biz unga hukm (payg‘ambarlik) va ilm ato etdik. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.

Demak, ilm-u hikmat Robbimizning ulug’ fazli bo’ib, uni faqatgina suygan bandalarigagina beradi!

 

Muhammad Rotib Nobulsiy

 

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o`rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Nodirbek domla Jamolov tarjimasi

Load More In МАҚОЛАЛАР