Bugun 2024-yil 15-noyabr «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 16-noyabr «Xalqaro bag’rikenglik kuni munosabati bilan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» gi Qonun yangi tahririning mazmun mohiyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon viloyati adliya boshqarmasi xodimi Ahmadohunov Murodjon, bilim yurti O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o’rinbosari Q.Isroilov, bilim yurti mudarrislari va talabalari ishtirok etdilar.