МАҚОЛАЛАР XX ASR MUHADDISI ANVARSHOH KASHMIRIYNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI(2-qism) 10 апреля, 2023 0 298 Anvarshoh Kashmiriyning islomiy bilimlar borasida yozilgan asarlari haqida toʻxtaladigan boʻlsak, allomaning bu borada qoldirgan ilmiy merosi beqiyosdir. Olimning hadis borasidagi kitoblari quyidagilardir: 1. “Fayzul boriy ala sahihi Buxoriy”. Ushbu kitob Kashmiriyning hadis darslarida yozdirganidan tuzilgan. Shunga qaramay bu “Sahihi Buxoriy”ga yozilgan katta – katta toʻrt jildli sharh kitobdir. Shu paytgacha “Sahihi Buxoriy”ning bunchalik keng, yangi maʼlumotlar bilan boyitilgan sharh yozilmagan. “Fayzul boriy”ning ulugʻligini allomaning “Sahih Buxoriy”dan dars berish va yozdirishdagi bundan oldingilardanda oʻta ehtiyotkorligi, chuqurroq kirishishidan ham sezish mumkin. Bu kitobni allomaning shogirdi Shayx Muhammad Badr rahimahulloh jamlab kitob shakliga keltirib, unga izoh yozgan va 1357 hijriy yili Hindistonda chop etilgan. Bu kitobni yozishdan oldin “Sahih Buxoriy”ni 13-marta boshdan-oyoq oʻqib chiqqan. Bu kitobni yozishda Hijoz va hind yurtlarida bosib chiqarilgan 30 dan oshiq unga yozilgan sharh kitoblarni mutolaa qilib chiqqan. Xususan, “Fathul boriy”,” Umdatul koriy” “Irshodus soriy” va boshkalardan keng foydalangan . b).Toʻrt mazhab dalillari,ulamolarning qavimlarini toʻla kamragan va nozik usullar bilan tarjeh kilingan ; 2. “Al-Aʼrf ash-shaziy min jomiʼi Termiziy”. Bu kitobni ham aslida “Jomiʼi Termiziy” darsida yozdirgan. Uni allomaning shogirdlari shayx Muhummad Jarrogʻ oʻzi uchun yozib olgan. Soʻngra Kashmiriyning ilmlmriga chanqoq toliblar uchun chop ettirilgan. Kitob 488 betdan iborat. Ushbu kitobda turli xil masalalar borasida Hanafiylarning dalillari bayon yetilgan. Shu bilan birga boshka mazhablarning dalillari haqida ham xolisona va insof bilan soʻz yuritilgan. Unda oʻziga xos koʻpgina foyda va xususiyatlar bor. Kitobning Hind ulamolari, mudarrislari, xususan, “Jomiut Termiziy”dagi hadis fani mudarrislari zimmasida anchagina xizmati ham yotadi. Chunki bu ulugʻ kitob ularga berk eshiklarni ochdi va ularni tahqiq yoʻllariga yetakladi hamda muammoli, mushkul joylarni yechishda, chiqish tomonlarini bayon qilishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu manbaning chuqur dengizidan qonib-qonib ichishgan, uning nurlari bilan yoʻl topishgan va uning yoʻlchi yulduzlari bilan haqiqat yoʻllariga hidoyat topishgan. 3. “Sunani Abu Dovud”ga imlosi. Bu kitobning faqat bir juzi nashrdan chiqqan. 4. “Sahihu Muslim”ga imlosi. 5. “Hoshiyatu Kashmiriy ala Sunanii ibn Moja”. Bu kitob uzoq muddat shayx Sayyid Muhammad Idris qoʻlida boʻlgan.Ammo hozir qayerdaligi nomaʼlum. 6. “Faslul xitob fiy masʼalati ummil kitob”. 104 betli oʻrtacha hajmdagi, Imom ortidagilarning “Fotiha”ni oʻqish haqidagi risola. Bu asarida muallif juda qimmatli maʼlumotlarni qoldirgan. Xususan, boshqa mazhab qavllarini ham keltirgan va ularni solishtirib, tahlil qilgani eʼtiborga molikdir. 7. “Xotimatul xitob fiy fotihatil kitob”. Ushbu kitob tepadagi kitobning fors tilida yozilganidir. Kitobni Devband akademiyasida dars berayotgan paytlari birorta kitobga murojaat qilmay 1-2 kunda yozib boʻlganlar va unga shayxlari Alloma Muhammad Hasan Devbandiy taqriz yozib, masalaga chuqur yondashishini maqtaganlar. 8. “Naylul farqadayn fiy rafʼil yadayn”. Kashmiriyning bu kitoblari 145 bet. Shayx kitobning muqaddimasida: “Bu rukuʼdan oldin, keyin, ikki sajda orasida va ikki rakʼatdan soʻng ikki qoʻlni koʻtarish borasida bir parchadir”. Buni “Naylul farqadayn fiy rafʼil yadayn” deb atadim” deb yozgan. 9. “Bastul yadayn linaylil firqadayn”. Alloma bu kitobida mazhab Imomlarining baʼzi masʼalalarda ixtilofga sabab boʻlgan rivoyatlar orasini jamlashga, muvofiqlashtirishga harakat qilgan. 12. “Diniy zaruratlardan birini inkor qiluvchilarni kofirga chiqarish”. Allomaning bu kitobi oʻzining bobida tengsizdir. Unda imon va kufr asoslari borasida, odamlar koʻp duchor boʻladigan chalkashliklar, musulmonni kofirga chiqarish masalalari va boshqa ilmiy foydalar xususida bahs yuritilgan. Shuningdek, asarda din majburiyatlaridan birini inkor etish, ularni toʻgʻrilash, qayta koʻrib chiqish bilan kofir boʻlish haqligida ham soʻz yuritilgan. Bu asar mavzusi salafu xalaf qarashlarini oʻzida qamrab olgan. Mavzuda biror xoli, boʻsh tomonini, ushbu bobga qarshililik qilishi mumkin boʻlgan biror jihat qoldirilmagan. Shayx Anvarshoh bu muhim masalada fikrlari bir joydan chiqishi, ummat ulamolari orasida qarama qarshilik qolmasligi uchun tahqiq qilish va ilmiy bahsu munozara qilish maqsadida mana shu masalani oʻrtaga tashlagan. Ulamolar ham oʻz navbatida bu borada shayxga muvofiq yoʻl tutishdi hamda shayxning ushbu betakror risolasiga yuksak baho berishdi. 13. “Aqidatul islom fi hayati Iysa alayhissalam”. 14. “Tahiyyatul Islam fi hayati Iysa alayhissalam” 15. “Xotamun nabiyyin”(Fors tilida). 16. “Mirqotuttorim li hudusil olam”. 17. “Zorbulxotim ala hudusil olam”. 18. “Sahmul gʻoybi fi kabidi ahlir royb”. 19. “Kitabun fizzabbi an qurratil aynayn” (Fors tilida). 20. “Al-ithaf li mazhabil ahnaf”. 21. “Xozainul asror”. Shayx Kashmiriyning ilmu fanning koʻplab muammolari borasida taʼlif qilgan bir qancha qoʻlyozma kitob varisolalari ham mavjud boʻlib, ulardan ayrimlarining nomlarini keltirish bilan kifoyalanamiz: 1. ”Risala fil hayʼati”. Buni ayrim doʻstlari uchun yozib bergan. 2. “Risala fiy masʼalatin minal handasati va ilmil maroya val manazir”. 3. “Risala fiy haqiqatil ilm”. 4. “Risala fiy masʼalati “Ya shayx Abdal Qodir shayʼan lillah””. 5. “Risala fiy masʼalatiz-zabiyhati ligʻoyrillah”. 6. “Risala fiy ilmil maoniy mimma istadrakahu alas-Sakkokiy val Xotib”. 7. “Maqomatun adabiyyatun ala nahji maqomatul haririyyai”. 8. “Havamish ala “Al-ashbah van-nazair” libni Nujaym”. 9. “Risalatun fiy masʼalati solatil jumuati va ixtilaful aimmati fiy shuruti adaiha”. 10. “Havash ala havashiz-Zahidiyya ala sharhil Qutbiyyati ”. Bu ulugʻ Alloma tomonidan koʻplab nodir, juda muhim talxis kitoblar bitilgan. Jumladan, Alloma Abdul Hay Laknaviyga, Ibn Humomning “Fathul qodir”laridagi hanafiy dalillarga va Daymiriyning “Hayatul hayvan” kitobiga talxis yozganlar. Alloh taolo mana shunday ilm dengizi boʻlgan Allomadan Oʻzi rozi boʻlsin. U kishining qoldirgan tengsiz ilmiy merosidan har bir tolibi ilm manfaat olishini nasib qilsin. Bilim yurti Kadrlar bo’yicha inspektor Olimov Zuhrobiddin Bilim yurti matbuot xizmati.