ZINO QARZDIR

0
257

▫️Yuqori kuchlanishga ega elektr simlari yoniga «simlarga tegmang» deb emas balki, «Simlarga yaqinlashmang ⚠️»- deb yozib qo‘yiladi. Chunki bu sim atrofida juda yuqori magnit maydon mavjud bo’lib, unga yaqinlashayotganlarni o’ziga tortadi. Demak, halokatga yo‘liqish uchun yaqinlashishning o‘zi kifoya, ushlash shart emas.

Ba‘zi gunohlar bor, unda o‘ziga tortuvchi kuch mavjud.

Alloh ta’olo aytadi:
«Va zinoga yaqinlashmanglar».
[Isro, 32-oyat manolar tarjimasi]

E‘tibor bering, Alloh ta‘olo «Zino qilma» demadi, balki «Va zinoga yaqinlashmanglar» dedi.

Demak, siz zino qilib qo‘ymaslik uchun, o‘zingiz va begona ayol o’rtasida xavfsizlik chegarasini saqlashingiz kerak!

Zinoga yaqinlashish nima?

Begona ayol bilan yolg’iz qolish — zinoga yaqinlashish.

Zinokorlar bilan suhbatlashish — zinoga yaqinlashish.

Ko’chalarda ko‘zni tiymaslik — zinoga yaqinlashish.

Axloqsiz hikoyalarni eshitish — zinoga yaqinlashish.

Allohga ma’qul kelmaydigan saytlarni kuzatish — zinoga yaqinlashish.

Jirkanch filmlarni tomosha qilish — zinoga yaqinlashish.

Agar siz bulardan birini qilayotgan bo‘lsangiz, bilinki xavfli zonaga kirdingiz ⚠️.

Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi:
Abdulhamid Abdullayev tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР