Hayotni g’animat bilaylik, umr juda ham qisqa

0
170

 

Hayotimizni oddiy matematik hisob-kitob bilan tahlil qilganimizda, inson umrining qanchalik qisqa ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Faraz qilaylik, inson 60 yil yashadi. Shundan 12 yili bolalik, 3 yili o‘smirlik davri. Bu esa 45 yilni tashkil etadi. Agar har kuni 7 soat uxlasa, bu 13 yilga teng bo‘ladi. Endi esa 32 yil qoldi. Shuningdek, taxminan 8 yilni ta’lim olishga sarflasa, 24 yil qoladi.

Ana shu yillar ichida ko‘p vaqt mehnat bilan o‘tadi. Agar 8 soatlik ish kunini hisobga olsak, taxminan yana 8 yil ketadi. Natijada, insonda atigi 16 yil qolar ekan. Bu 16 yil ichida ham og‘ir sinovlar, kasalliklar, hayotiy tashvishlar bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Shunday qisqa va noaniq muddat uchun butun umr mehnat qilib yashashga harakat qilar ekanmiz, abadiy ahirat haqida qay darajada o‘ylab, unga tayyorgarlik ko‘ryapmiz? Oxirat esa, minglab yillar davomida yotadigan barzax hayoti va cheksiz abadiy dunyo demakdir.

Alloh taolo Qur’onda shunday deydi:
“Albatta, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.” (Balad surasi, 4-oyat)

Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar:
“Mening va dunyoning misoli shundayki, bir kishi daraxt soyasida biroz dam olib, keyin uni tashlab yo‘lga tushib ketdi.”

Demak, kimda-kim o‘z kunini, kechasini, ishini va hatto uyqusini Alloh yo‘lida qilsa, o‘sha kishi haqiqiy saodatga erishadi. Dunyo uchun emas, balki oxirat uchun yashash bizga buyuk najot keltiradi.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi Muhammadali domla Xayitboyev.

  • Duo

    Insonning yuragida shunday tuyg‘ular borki, ular umr davomida so‘nmaydi, eskirmaydi, ayniq…
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy

    Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) – Turkiston jadidchilik harakatining eng yetuk namoyandal…
  • 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

    Bugun 2025-yil 14-yanvar «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta&#…
Load More In Uncategorized