Uncategorized ILM BUYUK NE’MATDUR 4 октября, 2022 0 117 Insonga Alloh taolodan bo’lgan eng katta ne’mat shubhasiz, ilmdur. Bu haqida “Niso surasi”da shunday marhamat qilinadi: Va Alloh Sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmaganingizni bildirdi. Allohning Sizga (nisbatan) fazli buyukdir. Demak, sen amalga oshirgan tijoratingdan mo’l-ko’l foyda ko’rishing ham, yohud, farzandlaring aql-zakovati ham, shuningdek, sening chiroy-chimmatli bo’lishing ham eng katta ne’mat emas, balki, seni Alloh taoloning roziligiga olib boradigan, senga dunyo va oxiratda foyda beradigan ilm ato qilinishi eng buyuk ne’matdur! Muhammad Rotib Nobulsiy «Sayyid Muhyiddin maxdum» o`rta maxsus islim bilim yurti mudatrrisi Nodirbek domla Jamolov tarjimasi