«ILM-OXIRAT SHARAFI»

0
227

#17-noyabr-Xalqaro talabalar kuni”

2022-yil 17-noyabr kuni Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» islom bilim yurtida «17-noyabr-Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan «ILM -OXIRAT SHARAFI» nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir murabbiy F.Nizomov tamonidan olib borildi. Tadbir davomida so`z olgan bilim yurti mudiri R.Mahmudov, oʻquv ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari Q.Israilov, Axborot resurs markazi raxbari O.Sobirovlar bilim yurtida taxsil olayotgan talabalarni «17-noyabr-Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan muborakbod etdilar va o`zlarining samimiy tilaklarini bildirib o`tdilar.

Tadbir davomida bilim yurtidagi talabalar o`rasida o`zlarining faolligi bilan ajralib turgan bir qator talabalar bayram munosabati bilan “Faxriy yorliq” va estalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek tadbir yakunida barcha talabalarga homiylarni jalb qilgan xolda tashkil qilingan bayram sovg`alari tarqatildi hamda bayramona tuzalgan dasturxonga taklif etildi.

 

Bilim yurti matbuot kotibi M.Omonboyev

 

 

  • 11-сон …
  • Duo

    Insonning yuragida shunday tuyg‘ular borki, ular umr davomida so‘nmaydi, eskirmaydi, ayniq…
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy

    Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) – Turkiston jadidchilik harakatining eng yetuk namoyandal…
Load More In Uncategorized