Uncategorized ЯНГИЛИКЛАР «Jaholatga qarshi maʼrifat» va «Ijtimoiy tarmoqlardagi xatarlar» 15 марта, 2023 0 20 2023-yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasasida talaba yoshlarni mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, mutaassib, buzgʻunchi harakatlarning salbiy taʼsiridan asrash, “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida islom dinining insonparvarlik, mohiyatini, Vatanga, oilaga muhabbatni singdirish, radikalizm, ekstremizm va terrorizmning asl mazmunini ochib berish, jahonda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tamonlama chuqur yoritib berish, gʻoyaviy tahdidlarga qarshi kurashda diniy soha xodimlarning asosiy vazifalari, Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va ulardagi xatarlarning salbiy oqibatlarini oldini olishlik maqsadida soha xodimlarini jalb qilgan holda suhbat tashkil etildi. Davra suhbatida bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili oʻrinbosari Muxammadisxoq domla Moʻminov, Andijon shahar “Imomi Aʼzam” jome masjidi imom-xatibi Isomiddin domla Shamsiddinov Andijon viloyat DXX va IIB xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbati ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar. Bilim yurti matbuot xizmati.