Uncategorized МАҚОЛАЛАР ФИҚҲ Tahoratda boshning to‘rtdan biriga mas’h tortish farz ekanligi haqida 13 декабря, 2024 0 57 عَنِ المُغيرةِ بْنِ شُعبةَ في حديثٍ طَويلٍ فى وُضوءِ النّبِيِّ صلّى الله عليه وسلَّمَ، وفيه: «ومسح بناصيَتهِ وعلى العِمامةِ وعلَى خفَّيهِ». رواه مُسْلِم. ورواه النَّسائِيُّ بلَفظ «توضَّأَ فمَسَحَ ناصيَتَهُ وعِمامَتَهُ وعلى الْخُفَّيْنِ» وسكت عنه. وسندُهُ سنَدُ مسْلِم فى هذا الحديثِ بلفظٍ آخَر إلّا شيخ النَّسائي، وهُوَ من رجال الجماعة، ثقة، حافظ كما فى «التقريب». وقد رواه الترمذى بسند مسلم. لفظه:»أنه مسح على ناصيته وعمامته»» ورواه «أبو داود» (ص ٢٢ ج ١) بسند رجاله رجال مسلم فى هذا الحديث. إلَّا مسددا وهو من رجال الصحيح ثقة حافظ ، ولفظه: » كان يمسح على الخفين وعلى ناصيته» Mug‘iyra ibn Sho‘badan rivoyat qilingan uzun hadisning ichida Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning tahorat qilishlari to‘g‘risida: “Boshlarining old qismiga, sallasiga va ikki mahsilariga mas’h tortdilar”, deb rivoyat qilingan. Imom Muslim rivoyati. Nasoiy quyidagi lafz bilan rivoyat etadi: “Tahorat qildilar-da, boshlarining old qismiga, sallalariga va ikki mahsiga mas’h tortdilar”. Hadisning darajasi haqida to‘xtalmadi. Mazkur hadisning roviylari Muslim rahimahullohning roviylari bilan bir bo‘lib, faqat Nasoiyning shayxida farq bor. U kishi ham jamoaning roviylaridan (oltita sahih hadis to‘plamidagi hadis roviylaridan), ishonchli, hofizdir. Termiziy ham hadisni imom Muslimning sanadi bilan rivoyat qilgan. Uning lafzida: “U zot boshlarining old qismi va sallalariga mas’h tortdilar”, deb kelgan. Abu Dovud bu hadisdagi Muslimning roviylari bilan bir bo‘lgan roviylar orqali naql qiladi. Faqat, unda Musaddid yo‘q. Musaddid ham sahih roviylaridan (sahih to‘plamlar ichida hadis rivoyat etgan kishilardan), ishonchli va hofizdir. Uning lafzida: “Ikki mahsi va boshlarining old qismiga mas’h tortar edilar”, deb keladi. “Boshlarining old qismi” degan so‘zi haqida. Muallif shunday deydi: “Bahrur roiq”da: “Nasiyatu – boshning old qismi bo‘lib, u boshning to‘rtdan biriga tengdir”. Kitobning boshida keltirilgan oyatdan dalil olishning yo‘li “Bahrur roiq”da berilganiga ko‘ra quyidagicha: harfi jarlardan bo‘lgan “Bi” harfi “Ilsoq” (yopishtirish) uchun keladi va mas’h tortishdan iborat fe’l esa bajarish asbobiga o‘tadi. Asbob esa qo‘ldir. Chunki, “Bi” harfi asbobga yopishib kelsa, mas’h tortish (silash) fe’li mas’h tortiladigan joyning hammasiga tegishli bo‘ladi. Masalan: “Etimning boshini qo‘lim bilan siladim”, degani kabi. Ammo, “Bi” harfi mas’h tortiladigan o‘ringa yopishib kelsa, fe’l asbobga taalluqli sanaladi. Unda ma’no taqdiran quyidagicha chiqadi: “Qo‘llaringizni boshlaringizga surting”, deyilgan bo‘ladi. Natijada boshni emas, balki, qo‘lning hammasini to‘la ishlatishni taqozo qiladi. Qo‘lni boshga qo‘yib mas’h tortilsa ko‘pincha boshning to‘rtdan biridan nariga o‘tmaydi. Bu (ya’ni, boshning to‘rtdan biriga mas’h tortish) oyatdan qasd qilingan ma’no ekani ravshan bo‘ladi. Bandadan talab qilingan narsa ham shudir. Tayammumda qo‘lni to‘laligicha ishlatish oyat bilan emas, balki, hadis bilan sobit bo‘lgan. “Badoe’us sanoe’” kitobida shunday deb ochiq aytilgan. Muallif: “Bahrur roiq” kitobining sohibi ham shunday ta’kidlagan”, deydi. Hadisni dalil qilishning ikki ko‘rinishi bor. Avvalgisi, oyatdagi kabi mas’h tortiladigan o‘ringa yopishib kelgan “Bi” harfi bilan. Ikkinchisi, “Boshlarining oldi qismi” lafzi bilan. Chunki, boshning old qismi boshning to‘rtdan biri miqdorichadir. Buni avval ham aytib o‘tdik. Hadisdan ilk tushuniladigan narsa ham boshning oldi qismining hammasiga mas’h tortishdir. Buni lisoniy zavq (did, farosat) ham yoqlaydi. Aks holda Qur’oniy iborani o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘ilmasdi. Balki, “boshlariga mas’h tortdilar” deyish yaqinroq bo‘lardi. “Bosh” lafzini tark qilib “boshning old qismi” lafzini tanladilarmi, demak, zohiran boshning old qismining hammasi tushuniladi. Bundan ozrog‘iga mas’h tortilgani rivoyat qilinmagan va biz ham uni joiz demaymiz. Boshning hamma yeriga mas’h tortish haqidagi rivoyat mukammal sunnatning bayoni uchun deb aytilgan. Ammo, oyatdagi mutlaq va mujmallik so‘zi asl maqsadga daxlsizdir. Chunki, Payg‘ambar alayhissalom bir ishni hech ham tark etmasdan doim qilishlari — “Hidoya” sohibi ham bir qancha o‘rinda shunday tahqiq qilgan – agar bu vojib emasligi va qilinayotgan ishdan boshqa narsa qasd aylanganini ochiq aytish kabi qarshi biror hujjat tug‘ilmasa, u ish vojib ekanligiga alohida o‘zi mustaqil dalil bo‘la oladi. Payg‘ambar alayhissalom boshga mas’h tortishni hech qachon to‘rtdan biridan kamaytirgan emaslar. Bas, shunday ekan, to‘rtdan bir miqdorga doim mas’h tortishlari mutavotir hisoblanadi. “E’lol as-sunan” asari asosida “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari muhandisi Olimov Zuxrobiddin tayyorladi